×
10-сен 2026 yil 36

Sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yoshlar kuni munosabati bilan Xiva shahrida sportchi yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyat birlashgan qo‘mitasi raisi A. Salayev hamda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D. Ibragimov ishtirok etdi.

Xiva shahar sport maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va javoblar berildi.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech