
Samarqand shahrida III Butunjahon shaxmat paralimpiadasiga start berildi. Tantanali tadbirda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) boshqaruvi raisi o'rinbosari Dana Reizniece-Ozola, Sport vaziri Adkham Ikramov, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari Komiljon Sindorov, O’zbekiston Milliy Paralimpiya qo’mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etdi. | ![]() |
![]() | Samarqand mezbonlik qilayotgan bu yilgi III Butunjahon shaxmat paralimpiadasi dunyoning 35 ta davlatidan 191 nafar ishtirokchi qatnashmoqda. Ushbu tadbir Butunjahon shaxmat olimpiadasi bilan parallel ravishda yuqori saviyada tashkil etilayotgani bilan eʼtiborlidir. |
Shaxmatni inklyuziv sport turi sifatida rivojlantirish va nogironligi bor sportchilarga xalqaro maydonda o‘z salohiyatini namoyish etish imkonini beradigan ushbu nufuzli musobaqa 7 turdan iborat bo‘lib, shevetsarcha tizimda oʻtkaziladi va 18-sentabrga qadar davom etadi.


