×
15-сен 2026 yil 41

Xokkeychilarimiz Yaponiyaga yo‘l oldi



Chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari Yaponiyada o‘tkaziladigan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.

Musobaqa dasturiga ko‘ra, ayollar o‘rtasidagi bahslar 18-sentabrdan 2-oktabrgacha, erkaklar o‘rtasidagi bahslar esa 20-sentabrdan 3-oktabrgacha davom etadi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibidan Sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi shug‘ullanuvchisi Shahzoda Zaripova ham joy oldi. U murabbiy Qunduz Madrahimova shogirdi.
🇺🇿 Terma jamoalarimizga Osiyo o‘yinlarida omad va muvaffaqiyat tilaymiz!



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech