
17–21 sentabr kunlari Toshkent shahrida stol tennisi bo‘yicha U-11 yosh toifasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Xorazm viloyati sportchilari quyidagi natijalarni qayd etdi:

🥇 1-o‘rin
Ahmedjanov Sulaymon — aralash jamoaviy
Tursunboyev Umid — aralash jamoaviy
🥈 2-o‘rin
Nematullayeva Rano — qizlar jamoaviy
Bekchanova Umida — qizlar jamoaviy
Yuldayeva Zarina — qizlar jamoaviy
🥉 3-o‘rin
Masharipov Musobek — juftlik
Mamatov Rasulbek — juftlik
Matrizayeva Maxliyo — juftlik
Sobirova Zulayho — juftlik
Yosh sportchilarimizni ushbu natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga muvaffaqiyat tilaymiz!
Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.