×
21-сен 2026 yil 6

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalari talabalari hamda o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumi davom etmoqda



Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng olimpiada doirasidagi sport musobaqalariga start berildi.

Talabalar sportning quyidagi 5 turi bo‘yicha bellashmoqda:

⚽️ Mini-futbol
🏓 Stol tennisi
🏐 Voleybol (erkaklar va ayollar)
🏃 Yengil atletika
🏀 Stritbol

Musobaqalarda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyon qilmoqdalar.




Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech