×
29-сен 2026 yil 8

🥉 JAHON CHEMPIONATI SOVRINDORLARI XORAZMGA QAYTDI



Xabaringiz bor, joriy yilning 21–26-sentabr kunlari Italiyaning Jesolo shahrida kikboksing bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Urganch shahar sport maktabi tarbiyalanuvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

🥉 Omonmuradov Ilyosbek
Low Kick yo‘nalishi, -54 kg — 3-o‘rin

🥉 Baxodirov Sherzodbek
K-1 yo‘nalishi, -57 kg — 3-o‘rin

🥉 Rustamov Bexruz
K-1 yo‘nalishi, -81 kg — 3-o‘rin

🇺🇿 Bugun jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz Urganch temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi.

Kutib olish marosimida sportchilarning yaqinlari, Xorazm viloyati sport boshqarmasi va sport federatsiyasi mas’ullari, murabbiylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Sovrindor sportchilarimizni muborakbod etamiz! 👏


Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech