×
30-сен 2026 yil 6

Xorazmlik sambochilar jahon chempionatida ishtirok etadi


2–4 oktabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida yoshlar, o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida sambo va jangovar sambo kurashi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionatida Urganch shahar sport maktabi, YAKSTISМ hamda Urganch davlat universiteti talabalari va tarbiyalanuvchilaridan 9 nafar sportchimiz ishtirok etadi:

To‘liyev Jo‘shqin — 46 kg, kadetlar;
Ataniyazova Matluba — 47 kg, o‘smir qizlar;
Matnazarova Gulnora — 54 kg, o‘smir qizlar;
Saliyeva Sarvinoz — 50 kg, o‘smir qizlar;
Rahimov Behruz — 64 kg, o‘smirlar;
Kamilov Kamron — 58 kg, o‘smirlar;
Matyakubov Asadbek — 58 kg, yoshlar;
Mo‘minov Doniyor — 64 kg, yoshlar, jangovar sambo;
Yo‘ldoshboyev Asadbek — 98 kg, yoshlar, jangovar sambo.

Sportchilar musobaqada trener Zafar Allabergenov boshchiligida ishtirok etadi.

Sambochilarimizga jahon chempionatida omad va yuqori natijalar tilaymiz! 

Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech