Surxon vohasida gandbol bo‘yicha U-20 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari davom etmoqda.Musobaqaning navbatdagi kunida Xorazm viloyati U-20 qizlar terma jamoasi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasini 28:27 hisobida mag‘lub etdi.
Xorazmlik gandbolchilar kecha Buxoro viloyati jamoasini 36:30 hisobida taslim etgan edi.
Shu tariqa, terma jamoamiz musobaqadagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Xorazm viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati.